Фонд помощи онкобольным детям

«Cho‘ntagingizni qoqib olishgani qoladi». Jamoatchilik faoli – onkologiya sohasidagi muammolar haqida

Ezgu Amal > СМИ о нас > «Cho‘ntagingizni qoqib olishgani qoladi». Jamoatchilik faoli – onkologiya sohasidagi muammolar haqida
27 апреля 2021

«Telegram-kanalimda odamlardan saraton bilan bog‘liq baxtli yakun topgan hikoyalarni yuborishlarini so‘radim. Menga 150dan ziyod hayotiy hikoya yuborishdi. Ularning deyarli hammasi odamlar o‘z yaqinlarini kasallikka boy bergani haqida edi».

15 fevral – Xalqaro bolalar onkologiyasiga qarshi kurashish kunida, O‘zbekistonda onkologik tashxis qo‘yilgan bolalarga yordam ko‘rsatuvchi «Ezgu amal» jamoat fondi o‘z faoliyatiga doir hisobot taqdimotini o‘tkazdi.

Taqdimotda ishtirok etgan jamoatchilik faoli, jurnalist Irina Matviyenko o‘z misolida onkologiya sohasida duch kelgan muammolari haqida so‘z yuritdi.

«5–6 yil avval onkologik kasallikka chalinganlarga yordam beruvchi fond ochishni rejalashtirgandim. Qo‘l mehnati bilan tayyorlangan buyumlar savdosini yo‘lga qo‘yish va bundan tushadigan mablag‘ga bemorlarga yordam ko‘rsatish nazarda tutilgandi. Fond uchun homiylar ham topilgan, pul berishga tayyor bo‘lganlar bor edi.

Поделиться с друзьями:

Помочь в развитии Фонда ?Задать вопрос ВНИМАНИЕ! Остерегайтесь мошенников!